21:53 / 05.11.2018
3 435

Shota Arveladze: "Buxoro"ni har tomonlama dog‘da qoldirdik

Shota Arveladze: "Buxoro"ni har tomonlama dog‘da qoldirdik
Bundan biroz avval Superliganing 29-turidan o‘rin olgan “Buxoro” hamda “Paxtakor” (2:6) jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv o‘z nihoyasiga yetdi. O‘yindan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanining birinchi qismida “sherlar” ustozi Shota Arveladze ishtirok etdi va o‘zining o‘yin haqidagi fikrlarini bildirib o‘tdi.

- Biz mezbonlarni har tomonlama dog‘da qoldirdik, hujumda ham, yarim himoyada ham. O‘ylaganlarimizni amalga oshirdik. Faqat ikki to‘p o‘tkazib yuborganimiz afsuslanarli bo‘ldi. Chiroyli hujumlar tashkil qildik va ulardan foydalandik. Jamoaga oldingi o‘yinlarda biroz sportcha jahldorlik yetishmagandi. Bugun ham gollarni oson o‘tkazib yubordik. Mezbon jamoa ishqibozlari mag‘lubiyatga qaramay, jamoalarini olqishlashdi. O‘ylashimcha, biz ham bunga munosib bo‘ldik.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shota Arveladze: "Buxoro"ni har tomonlama dog‘da qoldirdik