22:38 / 21.12.2018
4 504

Serbiyalik futbolchi Osiyo Kubogida O‘zbekiston terma jamoasiga muxlislik qilmoqchi

Serbiyalik futbolchi Osiyo Kubogida O‘zbekiston terma jamoasiga muxlislik qilmoqchi
“Qo‘qon-1912” jamoasining so‘nggi yillardagi eng yaxshi legioner futbolchilaridan biri serbiyalik Darko Gojkovich BAAda bo‘lib o‘tadigan Osiyo Kubogi musobaqasida O‘zbekiston MTJga omad tiladi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar bermoqda.

- O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo Kubogida muxlislarni xursand qiladigan natijaga erisha oladi, deb o‘ylayman. Sababi terma jamoada juda kuchli murabbiy ishlamoqda. Tarkibga jalb qilingan futbolchilar ham ancha yaxshi salohiyatga ega. “Qo‘qon-1912” jamoasidan Javohir Sidiqov hamda O‘tkir Yusupov milliy terma jamoa yig‘inida ishtirok etayotganidan xabarim bor. Men bu yigitlarga hamda O‘zbekiston terma jamoasining barcha futbolchilariga omad tilayman. Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasiga muxlislik qilaman, - dedi futbolchi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Serbiyalik futbolchi Osiyo Kubogida O‘zbekiston terma jamoasiga muxlislik qilmoqchi