Osiyo Kubogi-2019 musobaqasining 1-turidan oʻrin olgan Eron va Yaman terma jamoalari oʻrtasidagi uchrashuv oʻz nihoyasiga yetdi. Unda forslar yirik hisobdagi gʻalabani qoʻlga kiritishdi.
Uchrashuvning 12-daqiqasida kelib Eron futbolchilari hisobni ochishdi, Mehdi Taremi darvozabondan qaytgan toʻpni boʻsh qolgan darvozaga joylab qoʻydi.
23-daqiqada Ashkon Dejagohning jarimadan bergan zarbasi dastlab darvoza ustuni soʻngra Soud al Sovadiyga tegib darvozadan joy oldi.
Oradan ikki daqiqa oʻtar-oʻtmas Taremi dublini nishonlagan boʻlsa, 53-daqiqada goli Sardor Azmun jamoasining toʻrtinchi golini urdi. 78-daqiqada Saman Gʻoddos jarima maydoni tashqarisidan kuchli zarba yoʻllab, chiroyli golga muallif boʻldi.
Shu tariqa, Karlush Keyrush shogirdlari musobaqani yirik hisobdagi gʻalaba bilan boshlashdi.
Osiyo Kubogi, 1-tur
Eron – Yaman 5:0 (3:0, 2:0)
Gollar: 1:0 – 12 Taremi, 2:0 – 23, avtogol Al Sovadi, 3:0 – 25 Taremi, 4:0 – 53 Azmun, 5:0 – 78 Gʻoddos.
Eron – Ali Rizo Beyronvand, Murtazo Puraliganji, Majid Hosayni (Pujmon Muntazori, 46), Ehson Hoj Safi, Ramin Rezoyan, Mehdi Taremi (Ansorifard, 71), Omid Ibrohimi, Ashkon Dejagoh, Vohid Amiri (Saman Gʻoddos, 60), Mehdi Torabi, Serdar Azmun.
Yaman – Soud al Sovadiy, Muhammad Fuad Umar, Muhammad Barovis, Ala Mahdi, Mudir Abd-Rabo, Ahmad al Hayfi, Ahmad al Saroriy, Vohid Muhammad, Emad mansur Tovfiq, Abdulvosiy al Motari, Al Sasi.
Ogohlantirishlar: Rizoyan (39), Al Motari (77), Al Hayfi (80), Abd-Rabo (83).
Manba: www.uff.uz “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi