17:00 / 26.01.2019
9 321

Qatar Osiyo kubogidan chetlatilishi mumkin

Qatar Osiyo kubogidan chetlatilishi mumkin
Berilgan maʼlumotlarga qaraganda Qatar terma jamoasining aksariyat futbolchilari, shu jumladan Almoiz Ali va Bassam Al-Ravilarning Qatar terma jamoasida oʻynashi FIFA qonun qoidalariga toʻgʻri kelmaydi.

FIFA reglamentiga koʻra futbolchilarni mahalliylashtirishning 4 ta yoʻli mavjud:
1. U toʻp suradigan terma jamoa hududida tugʻilgan boʻlishi kerak.
2. Uning ota-onasi u toʻp suradigan terma jamoa hududida tugʻilgan boʻlishi kerak.
3. Uning ota-bobosi u toʻp suradigan terma jamoa hududida tugʻilgan boʻlishi kerak.
4. U toʻp suradigan terma jamoa hududida 18 yoshdan soʻng 5 yil doimiy yashagan boʻlishi kerak.

Almoiz Ali hamda Bassam Al-Ravilar esa yuqoridagi qoidalarning 1- va 4- bandlari mos kelmaydi. Jurnalistlar esa Osiyo futbol konfederatsiyasidan ushbu vaziyat boʻyicha tushuntirish berishni soʻrashgan. Biroq, OFK ularga rad javobini bergan va bu masala yuzasidan Qatar futbol assotsiatsiyasiga murojaat qilishlarini aytgan.

Endi QFA rahbariyati ushbu holat yuzasidan FIFA yoki OFKga tushuntirish bermasa, aniqrogʻi 1- va 4-bandlarga mos kelmaydigan futbolchilarni, 2- yoki 3-bandlarga mos kelishini isbotlab berishi kerak. Aks holda ularni jiddiy jazolar kutmoqda. Aniqrogʻi, bu holat Qatarning Osiyo kubogidan chetlatilishiga ham sabab boʻlishi mumkin.

Eslatib oʻtamiz, Feliks Sanches shogirdlari bundan biroz avval musobaqaning chorak finali doirasida Janubiy Koreya ustidan 1:0 hisobida gʻalaba qozonishib, oʻz tarixida birinchi marta yarim finalga yoʻllanmani qoʻlga kiritishdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Qatar Osiyo kubogidan chetlatilishi mumkin