21:25 / 12.02.2019
4 081

Kun qahramoni - Jasur Hasanov kecha Beg‘amov bergan savolni esladi

Kun qahramoni - Jasur Hasanov kecha Beg‘amov bergan savolni esladi
OChL-2019 saralash bosqichi doirasidagi AGMK - "Istiqlol" (4:2) uchrashuvining eng yaxshi futbolchisiga aylangan Jasur Hasanov Olmaliqdagi tarixiy bahsdan keyin quyidagi fikrlarni bildirdi.

"Avvalambor barchaga rahmat! G‘alaba orqali barchani xursand etganimizdan xursandmiz. Qiyin bahs bo‘lishini avvaldan bilardik. Shunga monand bahsga jiddiy tayyorgarlik ko‘rgandik. Bizni qo‘llab-quvvatlab turgan muxlislar va jurnalistlarga rahmat. Ajoyib g‘alaba bilan Olmaliq va o‘zbekistonlik ishqibozlarni tabriklayman", - deya o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi bugungi uchrashuvning eng yaxshi futbolchisiga aylangan Jasur Hasanov.

Shundan so‘ng saytimiz muxbiri Jahongir Fazullayev qahramonga aylangan futbolchini mikst-zonada to‘xtatib, uning fikrlari bilan qiziqdi.

- Kechagi matbuot anjumanida aynan sizga AGMKni yetakchisi rolida ko‘rishayotgani haqida savol berishgandi. Bugun o‘sha fikrlar tasdig‘ini amalda isbotladingiz. Taassurotlar qanday?
- Ha, esimda. Shahboz Beg‘amov savol bergandi. O‘shanda u meni OChLda beshta jamoa safida o‘ynaganimni keltirib, AGMKda ham yetakchiga aylanishimni kutayotganini ta’kidlagandi. Gap yetakchilikda emas. Muhimi, bir jamoaga aylanish kerak. To‘g‘ri, o‘z tajribamdan kelib chiqib jamoani ortimdan ergashtirishim zarur edi. Bugun ham ikkinchi golni o‘tkazib yuborgach, bolalarni yig‘ib, ularni yonayotgan ko‘ziga qarab: "Ikki og‘iz to‘g‘ri tushuntirdim".

Ikkinchi goldan keyin yotib qolganim? Hech qanday jarohat yo‘q. Shunchaki futbolda ba’zida kerak payt ayyorlik ham ishlatish kerak. O‘sha vaziyatda men jamoa manfaati uchun biroz ayyorlik ishlatdim. Hech qanday jarohat yo‘q. Keyingi o‘yinga tayyorgarlikni bugundan boshlaymiz. Hali missiya tugagani yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, bugungi bahsda AGMKning barcha gollariga Jasur Hasanov assistentlik qildi. Hasanov mazkur bahsda o‘z hisobiga 4 ta golli uzatmani yozib qo‘ydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Kun qahramoni - Jasur Hasanov kecha Beg‘amov bergan savolni esladi