23:32 / 16.02.2019
3 452

Grizmanning goli «Atletiko»ga g‘alaba olib keldi (video)

Grizmanning goli «Atletiko»ga g‘alaba olib keldi (video)
Ispaniya chempionatining 24-turida «Atletiko» klubi «Rayo Valekano» jamoasi mehmon bo‘ldi va kichik hisobda g‘alaba qozondi.

«Atletiko» jamoasi safida yagona golni 74-daqiqada Antuan Grizmann kiritdi. O‘sha paytga kelib «Atletiko» murabbiylari 3 ta hujumchi bilan o‘yinga o‘tgan edi: 60-daqiqada maydonga bir necha oy jarohat tufayli safda bo‘lmagan Diyego Kosta tushirildi. Ispaniyalik hujumchi Grizmann va Morata bilan hujum uchligini tashkil qildi.
Ushbu g‘alabadan keyin «Atletiko» klubi 47 ochko bilan musobaqa jadvalida 2-o‘rinni egalladi.

Ispaniya chempionati 24-tur
«Rayo Valekano» – «Atletiko» 0:1 (0:0, 0:1)
Gol:
0:1 – 74 Grizmann.
«Rayo Valekano» – Dimitriyevski, Galves (Garsiya, 76), Ba, Amat, Moreno, Embarba (Poso, 57), Komesanya, Trexo (Bebe, 57), Suares, Tito, de Tomas.
«Atletiko» – Oblak, Ximenes, Filipe Luis, Aryas, Godin, Rodri Ernandes (Savich, 75), Saul, Vitolo (Diyego Kosta, 60), Korrea (Lemar, 60), Morata, Grizmann.
Ogohlantirishlar: Ximenes (90).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Grizmanning goli «Atletiko»ga g‘alaba olib keldi (video)