11:39 / 01.03.2019
5 971

WBA professional bokschilarning yangi reytingini e’lon qildi

WBA professional bokschilarning yangi reytingini e’lon qildi
Butunjahon boks assotsiatsiyasi WBA professional bokschilarning yangi reytingini e’lon qildi. GoSport.uz xabariga ko‘ra, unda o‘zbekistonlik bokschi Shohjahon Ergashev (16-0, 14 KO) mavqeyini yaxshilab oldi.

Super yengil vazn (-63,5 kg) toifasida ishtirok etayotgan Shoxjahon Ergashev fevral oyi reytingida bir pog‘ona yuqorilab, 4-o‘ringa ko‘tarilgan. O‘tgan oydagi reytingda 15-o‘rinda bo‘lgan boshqa bir o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustasi Shahram G‘iyosov esa reytingni tark etgan.

Shohjahon Ergashev 15 fevral kuni amerikalik Maykal Foksga (19-1, 5KO) qarshi ringga chiqqan va unda ochkolar bo‘yicha g‘alaba qozongandi. Ergashev o‘zining 17-jangini joriy yilning 13 aprel kuni o‘tkazadi. Nyu-Jersi shtatining Atlantik Siti shahrida joylashgan Boardwalk Hall arenasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan jang 10 raundga mo‘ljallangan.

Shahram G‘iyosov 23 fevral (Toshkent vaqti bilan 24 fevral) kuni Meksikada mahalliy bokschi Edgar Puertani (25-12-1, 19 KO) beshinchi raundda texnik nokaut evaziga mag‘lubiyatga uchratgandi. U 26 aprel kuni Kaliforniya shtatining Inglvud shahrida joylashgan mashhur kazino markazi Forum saroyida sakkizinchi jangi uchun ringga ko‘tariladi.

Yangilangan reytingda ikkinchi yarim yengil (-55,34 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan Murodjon Ahmadaliyev 1-o‘rinda joylashgan va jahon chempionlik kamari uchun birlamchi da’vogar nomini saqlab qolgan.

Shuningdek, super yarim o‘rta (-69,85 kg) vazn toifasida bitta jang o‘tkazgan Isroil Madrimov (1-0, 1KO) esa reytingda 9-o‘rinda qolmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » WBA professional bokschilarning yangi reytingini e’lon qildi