3 677
PFL Oʻzbekiston Superligasida 2-oʻrinni olgan “Paxtakor”ga 1 mlrd soʻm mukofot pulini oʻtkazib berdi
Professional futbol ligasi Oʻzbekiston Superligasida 2-oʻrinni olgan “Paxtakor”ga 1 mlrd soʻm mukofot pulini oʻtkazib berdi. Bu haqda tashkilot rasmiy saytida xabar berildi.
2018 yilgi mavsum avvalida Professional futbol ligasi sovrinli oʻrinlarni egallagan futbol klublariga maʼlum miqdorda mukofot pullari vaʼda qilgan edi.
Toshkentning “Paxtakor” futbol klubi Oʻzbekiston Superligasi 2018 yilgi mavsumi yakunlariga koʻra 2-oʻrinni egalladi. Qolaversa, klubning futzal jamoasi mamlakat chempionatida kumush medallarga ega chiqdi.
Bungacha Professional futbol ligasi klublar boʻynidagi qarzdorlik masalalari hal boʻlishiga qarab, ragʻbatlantiruvchi mukofot pullarini oʻtkazib borishni rejalashtirgan.
Maʼlum boʻlishicha, “Paxtakor” klubi mavjud qarzdorliklarini toʻliq bartaraf etgan. Qolaversa, akademiya va maydon boʻyicha talablar bajarilgan.
Shu boisdan “Paxtakor” klubi birinchilardan boʻlib mukofot pullarini qabul qilib oldi. Klub hisobiga Superligada 2-oʻrinni egallagani uchun 800 million soʻm, shuningdek, futzal jamoasi mamlakat chempionatida 2-oʻrinni qoʻlga kiritgani uchun 200 million soʻm oʻtkazib berildi.
Tashkilot xabarida aytilishicha, Oʻzbekiston Professional futbol ligasi qolgan barcha klublarga ham vaʼda qilingan mukofot pullarini bosqichma-bosqich oʻtkazib berish boʻyicha muzokaralar olib bormoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi