12:05 / 09.03.2019
3 570

“Qizilqum” mavsumning ilk uchrashuvida “Andijon” bilan durang oʻynadi (video)

“Qizilqum” mavsumning ilk uchrashuvida “Andijon” bilan durang oʻynadi (video)
Superliga 1-turidan oʻrin olgan “Qizilqum” – “Andijon” uchrashuvi oʻz nihoyasiga yetdi. “Yoshlik” stadionida boʻlib oʻtgan bahsda durang natija qayd etildi.

Uchrashuvning 30-daqiqasida mehmonlar oldinga chiqib olishdi. Oybek Qilichev jarima zarbasini qoyilmaqom ijro etib, andijonliklarni oldinga olib chiqdi.

72-daqiqada mezbonlar Sherali Joʻrayevning golidan soʻng hisobni tenglashtirishdi. Qolgan daqiqalar mezbonlar bosimi ostida kechdi, biroq boshqa gol urilmadi.
Shu tariqa, Superliga yangi mavsumining ilk oʻyini durang bilan yakun topdi.

Coca Cola Superliga, 1-tur
“Qizilqum” – “Andijon” 1:1 (0:1, 1:0)
Gollar:
0:1 - 30 Qilichev, 1:1 - 72 Joʻrayev.
“Qizilqum”: Yevgeniy Cheremisin, Erkin Boydullayev, Murodbek Bobojonov, Alisher Sanoyev, Fayzulla Qambarov, Salim Mustafoyev, Eldor Boymatov (Mirjalol Qosimov, 62), Muxsin Ubaydullayev, Erguja Grigorashvili, Maqsud Karimov, Bekzod Gʻanijonov (Sherali Joʻrayev, 46).
“Andijon”: Vitaliy Mirniy, Bobur Omonov, Oybek Qilichev, Shahzod Ubaydullayev (Sardor Sulaymonov, 57), Abdulloh Olimov, Ildar Mamatkazin, Roʻzimboy Ahmedov, Doniyor Ismoilov (Farhodbek Bekmurotov, 54), Asror Gʻofurov, Abror Xusunov, Bobur Akbarov.
Ogohlantirish: Qambarov (29), Mamatkazin (45+3), Qilichev (45+4), Bekmurotov (56), Omonov (64), Qosimov (85)

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Qizilqum” mavsumning ilk uchrashuvida “Andijon” bilan durang oʻynadi (video)