16:12 / 14.03.2019
4 539

Oʻzbekiston milliy termasining “China Cup”da qatnashadigan tarkibi (foto)

Oʻzbekiston milliy termasining “China Cup”da qatnashadigan tarkibi (foto)
Oʻzbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Ektor Kuper 21-25 mart kunlari Xitoyning Nanning shahri mezbonlik qiladigan “China Cup” musobaqasiga jalb etilgan futbolchilar roʻyxatini maʼlum qildi. Bu haqda Tribuna.uz nashri xabar bermoqda.

Darvozabonlar:
Akbar Toʻrayev
Sanjar Quvvatov
Javohir Ilyosov

Himoyachilar:
Yegor Krimes
Anzur Ismoilov
Dostonbek Tursunov
Islom Toʻxtaxoʻjayev
Oleg Zoteyev
Farrux Sayfiyev
Akmal Shorahmedov
Davron Hoshimov

Yarimhimoyachilar:
Odil Hamrobekov
Odil Ahmedov
Otabek Shukurov
Jaloliddin Masharipov
Sardor Mirzayev
Dostonbek Hamdamov
Javohir Sidiqov
Ikrom Aliboyev

Hujumchilar:
Marat Bikmayev
Temurxoʻja Abduxoliqov
Eldor Shomurodov

Musobaqa tashkilotchilarining qaroriga asosan, Oʻzbekiston yarim finalni 22 mart kuni Urugvay terma jamoasiga qarshi oʻtkazadi. Undan bir kun oldin mezbon Xitoy termasi Tailand bilan kuch sinashadi.

Uchinchi oʻrin uchun bahs va final uchrashuvi 25 mart kuni boʻlib oʻtadi.

Maʼlumot uchun, “China Cup” musobaqasi ikki yildan beri oʻtkazib kelinmoqda. 2017 yilgi musobaqada Chili, Islandiya, Xorvatiya va Xitoy qatnashgan boʻlib, unda Chili gʻolib chiqqan. 2018 yilda esa Urugvay, Uels, Chexiya va Xitoy ishtirok etgan kubokda Urugvayning qoʻli baland kelgan. Avvalgi har ikki turnir ham Nanningda boʻlib oʻtgandi.

Avvalroq Urugvay terma jamoasi bosh murabbiyi Oskar Tabares tomonidan Nanningdagi turnirga chaqirilgan futbolchilar roʻyxati maʼlum boʻlgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Oʻzbekiston milliy termasining “China Cup”da qatnashadigan tarkibi (foto)