10:49 / 07.04.2019
2 842

Abramov: "Agar fol bo‘lsa, o‘yin davomida 6 ta penalti belgilash ham mumkin"

Abramov: "Agar fol bo‘lsa, o‘yin davomida 6 ta penalti belgilash ham mumkin"
“Navbahor” – “Bunyodkor” uchrashuvidan so‘ng "qaldig‘ochlar" ustozi Vadim Abramov quyidagicha fikr bildirib o‘tdi:
"Bugungi o‘yin ishqibozlarga juda yoqadigan tarzda o‘tdi. Lekin murabbiylar uchun yurak hovuchlab ko‘radigan bahs bo‘ldi. “Navbahor” yana bir bor o‘zining yaxshi jamoa ekanini namoyish eta oldi. Ushbu klub qiyin holatdan ikkinchi bo‘limda osongina chiqib ketdi. Xatto yakunda g‘alaba qozonishi ham mumkin edi. Lekin omad bugun bizga kulib boqdi. Penaltilar haqida aniq gap ayta olmayman, sababi o‘yinni maydon chetida turib kuzatdim. Lekin agar chindan fol bo‘lsa, bitta o‘yin davomida 6 ta penalti belgilash ham mumkin. Jamoamiz yosh, futbolchilar bitta o‘yin zo‘r o‘ynab, keyingisini u qadar yaxshi o‘tkazmasligi mumkin. Futbolchilar tajriba to‘plaguniga qadar barqaror o‘yin namoyish etish biroz mushkul", - dedi mutaxassis.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Abramov: "Agar fol bo‘lsa, o‘yin davomida 6 ta penalti belgilash ham mumkin"