09:18 / 11.04.2019
2 754

"Yuventus" safarda "Ayaks" bilan durang o‘ynadi (video)

"Yuventus" safarda "Ayaks" bilan durang o‘ynadi (video)
Yevropa Chempionlar ligasining 1/4 final ilk bahsidan o‘rin olgan "Ayaks" – "Yuventus" uchrashuvi o‘z nihoyasiga yetdi. “Yoxan Kroyf Arena”da kechgan o‘yinda durang natija qayd etildi.

Urashuvning dastlabki bo‘limida mezbonlar faolroq bo‘lishdi, biroq turinliklar himoyasini yorib o‘ta olishmadi. Mehmonlar esa tanaffus arafasida hisobni ochishdi. Joau Kanseluning uzatmasidan so‘ng Krishtianu Ronaldu boshi bilan darvozani ishg‘ol qildi.

Ikkinchi bo‘limdagi dastlabki hujumdayoq amsterdamliklar muvozanatni tiklashdi. Kanseluning xatosidan so‘ng mezbonlar tezkor hujumga o‘tib ketishdi va Neres o‘zining aniq zarbasi bilan ter Stegenni dog‘da qoldirdi.

Shundan keyin maydon egalarida yana bir necha qulay imkoniyatlar bo‘ldi, biroq himoyachilar va darvozabonning mahorati tufayli “Yuve” o‘z darvozasi dahlsizligini saqlay oldi.
Shu tariqa, ushbu juftlik taqdiri Turindagi bahsda aniq bo‘ladigan bo‘ldi.

Yevropa Chempionlar ligasi, chorak final
Ayaks Gollandiya – Yuventus Italiya 1:1 (0:1, 1:0)
Gollar:
0:1 – 45 Ronaldu, 1:1 – 46 Neres.
Ayaks – Onana, de Ligt, Talyafiko, Veltman, Blind, van de Bek, Ziyesh, Tadich, Shene (Ekkelenkamp, 75), Neres, de Yong.
Yuventus – Shchensni, Rugani, Aleks Sandro, Joau Kanselu, Bonuchchi, Bentankur, Pyanich, Matyuidi (Dibala, 75), Bernardeski, Ronaldu, Mandjukich (Duglas Kosta, 60).
Ogohlantirishlar: Talyafiko (41), de Yong (55), Shene (71), Pyanich (83).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Yuventus" safarda "Ayaks" bilan durang o‘ynadi (video)