Osiyo Chempionlar ligasi 4-tur doirasidagi "Al Sadd" - "Paxtakor" uchrashuvi oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanida dastlab mezbonlar vakillari ishtirok etishdi.
Jezualdu Ferreyra: "Ertaga OChL guruh bosqichining ikkinchi davrasiga start beriladi. Toshkentda qiyin bahsni o‘tkazdik. "Paxtakor"ga qarshi ilk o‘yindan keyin tegishli xulosalarni chiqarganmiz. Bizni qiziqarli va shu bilan birga juda qiyin o‘yin kutmoqda. Aytish mumkinki, "Paxtakor" jismonan va taktik taraflama ancha pishiq jamoa. Osiyo chempionlar ligasida oson uchrashuvlarning o‘zi yo‘q. Ayni paytda guruh bosqichidan chiqish vazifasini uddalash haqida o‘ylayapmiz.
Buning uchun esa ertangi bellashuvda g‘alaba qozonish talab etiladi. Shu boisdan ham biz ertangi o‘yinga faqat g‘alabani ko‘zlagan holda maydonga tushamiz. Avval ham aytganimdek, "Paxtakor" to‘pni xush ko‘ruvchi jamoa va biz ertaga ularni o‘z uslubilarida o‘ynashlariga yo‘l qo‘ymaslikka harakat qilamiz. Motivatsiya? Bu taraflama muammo yo‘q. Ertangi o‘yin ahamiyati yuqori. Shu boisdan ham motivatsiya yetishmasligi haqida gap-so‘z bo‘lishi mumkin emas. Bizni o‘zgacha va maxsus rejalar ostida o‘tadigan qiziq to‘qnashuv kutmoqda".
Hamid Ismoil (futbolchi): - Murabbiyning fikrlariga qo‘shilaman. Bizni ertaga jiddiy va qiziq uchrashuv kutmoqda. Bu jamoaga qarshi ilk o‘yin chiroyli va tomoshabop chiqdi. Ertaga ham muxlislarga yoqadigan o‘yin bo‘lishiga shubha yo‘q. Biz o‘z uyimizda raqibdan ustun kelishga harakat qilamiz. Afif? To‘g‘ri, uning yo‘qligi yo‘qotish. Lekin bizda futbolchilar bir-birini o‘rnini to‘ldirish salohiyatiga ega.
Manba: championat.asia “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi