O‘zbekiston Superligasining 6-turida "Bunyodkor" klubi futbolchilari "Buxoro" mehmoni bo‘lishdi. Jamoalar jangovar durang natijaga rozi bo‘lishdi.
Uchrashuvda hisobni mehmonlar birinchi bo‘lim oxirlarida kiritishdi, Xurshid G‘iyosov gol muallifi. Tanaffusda maydon egalari murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov shogirdlariga to‘g‘ri ko‘rsatmalar bergan ko‘rinadi 48 va 53-daqiqalarda gol urib hisobda oldinga chiqib oldi. Birinchi bo‘lib Ivan Nagayev hisobni tenglashtirgan bo‘lsa, Doston Ibragimov mezbonlarga ustunlik olib berdi. 69-daqiqada yana o‘sha Xurshid G‘iyosov katta sahnaga chiqdi va toshkentliklarga bir ochko olib beruvchi golni kiritib dubl qayd etib qo‘ydi.
O‘zbekiston Superligasi 6-tur
"Buxoro" – "Bunyodkor" 2:2
Gollar: Xurshid G‘iyosov 40, - 0:1. Ivan Nagayev 48, - 1:1. Doston Ibragimov 53, - 2:1. Xurshid G‘iyosov 69, - 2:2.
"Buxoro" - 12.Nodir Ashurmatov, 2.Ivan Fatich, 7.Ivan Nagayev, 8.Salamat Qutiboyev, 9.Asadbek Sobirjonov, 27.Robbim Hasanov, 28.Ergash Ismoilov, 29.Vladimir Bayenko, 33.Tohirjon Shamsiddinov, 70.Akrom Bahriddinov (Firdavs Asadov, 46), 99.Doston Ibragimov.
"Bunyodkor" - 25.Murodjon Zuhurov, 3.Islom Qobilov, 6.Anvar G‘ofurov, 7.Dilshod Ahmadaliyev, 8.Jasur Jaloliddinov (34.Suhrob Izzatov, 65), 10.Xurshid G‘iyosov, 11.Javohir Qahramonov, 13.Lutfulla To‘rayev, 14.Mirjahon Mirahmadov, 17.Sanjar Qodirqulov 19.Nurillo To‘xtasinov.
Ogohlantirishlar: Sanjar Qodirqulov 18, Ergash Ismoilov 35, Ivan Fati 73, Doston Ibragimov 89. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
O‘zbekistonga qarshi Indoneziyaning asosiy hujumchilaridan biri maydonga tusha olmaydi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi