22:01 / 11.05.2019
2 942

"Paxtakor" o‘z maydonida "Navbahor"ni yengga olmadi (video)

"Paxtakor" o‘z maydonida "Navbahor"ni yengga olmadi (video)
O‘zbekiston chempionatining 8-turidan o‘rin olgan "Paxtakor" – "Navbahor" uchrashuvi o‘z yakuniga yetdi. "Paxtakor" stadionida bo‘lib o‘tgan bahsda jangoar durang qayd etildi.

Uchrashuvning 20-daqiqadasi Dragan Cheran qanotdan uzatilgan to‘pni boshi bilan darvozaga aniq yo‘naltirib hisobni ochdi. Ikkinchi bo‘lim debyutida maydon egalari penalti ishlab olishdi, uni Cheran golga aylantirdi.

Biroq oradan ko‘p vaqt o‘tmay Oston O‘runov jamoasining kombinatsiyasini muvaffaqiyatli yakunlab hisobni qisqartirdi. 82-daqiqada Abdujamol Isroilov O‘runov tomonidan uzatilgan to‘pni boshi bilan darvozaga joylab qo‘ydi va muvozanatni tikladi.

Shu tariqa, "Paxtakor" ochklarini 20taga yetkazib olgan holda peshqadamlikda davom etmoqda. "Navbahor" (12) esa uchinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi.

"Paxtakor" – "Navbahor" 2:2 (1:0, 1:2)
Gollar:
1:0 – 20 Cheran, 2:0 – 53, penalti Cheran, 2:1 – 59 O‘runov, 2:2 – 82 Isroilov.

"Paxtakor": Sanjar Quvvatov, Farruh Sayfiyev, Yegor Krimets, Marko Simich, Xojiakbar Alijonov, Odil Hamrobekov, Sardor Sobirxo‘jayev, Jaloliddin Masharipov, Dragan Cheran, Dostonbek Hamdamov, Marat Bikmayev (Igor Sergeyev, 75)

"Navbahor": O‘tkir Yusupov, Slavko Lukich (Obid Jo‘raboyev, 43) (Shahzod Shaymanov, 90+2), Igor Golban, Jahongir Mehmonov, Mirzohid G‘ofurov, Oston O‘runov, Azimjon Ahmedov, Abdujamol Isroilov, Ivan Solovyov, Abbos G‘ulomov (Aziz Ibragimov, 78), Aleksandr Kasyan.
Ogohlantirishlar: Lukich 29, Kasyan 36, Isroilov 45, Solovyov 49, Krimets 61, Sayfiyev 68.

Dragan Cheranning 20-daqiqadagi golini tomosha qiling:

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Paxtakor" o‘z maydonida "Navbahor"ni yengga olmadi (video)