10:43 / 25.05.2019
2 617

Messidan navbatdagi rekord: «Oltin butsa» poygasi amalda tugadi

Messidan navbatdagi rekord: «Oltin butsa» poygasi amalda tugadi
Barselona» yetakchisi Lionel Messi ketma-ket uchinchi mavsumda «Oltin butsa» sovrini sohibiga aylanishi deyarli ma’lum bo‘lib ulgurdi.

Leoning mazkur mukofot uchun raqobatdagi eng yaqin ta’qibchisi Kilian Mbappe juma kuni Fransiya chempionatining so‘nggi tur o‘yinida bitta gol bilan kifoyalandi. Uning 59-daqiqadagi goli jamoasi uchun yagona bo‘lib qoldi – «PSJ» «Reyms» maydonida 1:3 hisobida yengildi.

Qayd etish kerak, Mbappe Fransiya kubogi finalidagi intizomsizligi uchun uchta o‘yinga chetlatilgan, shu bois birinchi divizionning bundan oldingi uchta o‘yinida qatnasha olmagan edi.

Kilian 29 o‘yinda urgan 33ta goli bilan Fransiya chempionati to‘purari bo‘ldi, Messi esa avvalroq La Ligani 34ta uchrashuvdagi 36ta gol bilan yakunlagan edi.

Kuchli beshlikda hali yakunlanmagan faqat Italiya chempionati qoldi. A Seriya to‘purari bo‘lib turgan Fabio Kvalyarella 36 o‘yinda 26ta to‘p kiritgan. «Sampdoriya» hujumchisi Messini ortda qoldirish uchun ertaga, yakshanba kuni chempion «Yuventus» darvozasiga 11ta to‘p kiritishi talab etiladi.

Ta’kidlash mumkinki, Lionel Messi qatorasiga uchinchi mavsumda «Oltin butsa»ni yutgan tarixdagi ilk futbolchiga aylanmoqda. Bu uning oltinchi «Soulier d'Or»i bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Messidan navbatdagi rekord: «Oltin butsa» poygasi amalda tugadi