3 053
Davron Fayziyev: “Eng alamlisi, uchrashuvdagi barcha golni bizning futbolchilar urishdi”
Superliga 11-turidan o‘rin olgan “Qo‘qon-1912” – “Dinamo” uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining birinchi qismida samarqandliklar ustozi Davron Fayziyev ishtirok etdi.
- Butun Qo‘qon ahlini mavsumdagi ochilish o‘yini bilan tabriklayman. Jamoani o‘z uyiga qaytgani bilan ham tabriklayman. O‘yin borasida bahoni jurnalistlar berishsa maqsadga muvofiq bo‘lardi. Bugungi bahs shiddatli kurashlarga boy tarzda o‘tdi. Eng alamlisi, uchrashuvdagi barcha golni bizning futbolchilar kiritishdi. Biz hamisha hujumkor o‘yin ko‘rsatib kelyapmiz. Lekin himoyada xatolarga yo‘l qo‘yyapmiz. Bugungi bahsda g‘alaba qozonganimizda turnir jadvalidagi holatimiz yanada yaxshilangan bo‘lardik.
Ikkinchi bo‘limning boshida gol o‘tkazib yuborayotganimizni ichki xotirjamlik bilan izohlagan bo‘lardim. Har doim futbolchilarimizga buni tushuntirib kelyapmiz.
Bugungi o‘yinni tezroq unutib keyingi uchrashuvga tayyorgarlik ko‘ramiz. Bizni oldinda kubok bahsi kutib turibdi. Biz har bir raqibni hurmat qilgan holda tayyorgarlik ko‘ramiz.
Biz moliyaviy imkoniyatimizga qarab tarkibga futbolchi jalb etib kelamiz. Menga qolsa har bir chiziqni kuchaytira oladigan o‘yinchilarni olgan bo‘lardim. Hozir jamoamizda yetakchi rolini bajaradigan futbolchilar yetishmayapti. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi