09:14 / 21.07.2019
2 789

Uch nafar karatechimiz Osiyo chempionati oltin medallarini qo‘lga kiritdi

Uch nafar karatechimiz Osiyo chempionati oltin medallarini qo‘lga kiritdi
Foto: Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Toshkent shahri mezbonlik qilgan karate bo‘yicha Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi 6 ta medalga ega chiqdi. Bu haqda MOQ xabar berdi.

Oltin medal uchun tatamiga chiqqan o‘zbekistonlik to‘rt bafar karatechidan uch nafari qit’a chempionligini qo‘lga kiritdi. Finalchilardan Bahriniso Babayeva (-50 kg), Sadriddin Saymatov (-60 kg) hamda Nodira Jumaniyozova (-68 kg) oltin medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Sevinch Rahimova (-55 kg) kumush medal bilan taqdirlandi.

Shuningdek, Mohlaroyim Hakimjonova (+68 kg) hamda Javohirbek Abdusattorov (-55 kg) shohsupaning uchinchi pog‘onasidan joy oldi.

Shu tariqa O‘zbekiston terma jamoasi vakillari kumite bahslarini 3 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza medallari bilan yakunladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Uch nafar karatechimiz Osiyo chempionati oltin medallarini qo‘lga kiritdi