22:17 / 24.07.2019
2 291

Andijonda FIFA va UYeFA musobaqalarida o‘ynaladigan to‘p ishlab chiqariladi

Andijonda FIFA va UYeFA musobaqalarida o‘ynaladigan to‘p ishlab chiqariladi
O‘zbekistonda FIFA tasnifidagi jahon chempionatlari va UYeFA Chempionlar ligasi o‘yinlari uchun futbol to‘plari ishlab chiqariladigan zavod ochiladi. Bu haqda mamlakatimizning Pokistondagi elchisi Furqat Sidiqov va Forward Group kompaniyasi egasi Xvaj Ma’sud Axtar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan muzokaralarda ma’lum qilindi, deb xabar berdi TIV matbuot xizmati.

Ta’kidlash joiz, Forward Group sport tovarlari, asosan, futbol to‘plari tayyorlaydi. Ushbu brend 2014 va 2018 yillardagi jahon chempionatlari, qolaversa YeChL uchun rasmiy va yagona to‘p yetkazib beruvchi bo‘lgan. Shuningdek, qo‘l to‘pi, voleybol koptoklari, sport sumkalari ishlab chiqariladigan zavodlarga ega. Ayni chog‘da zamonaviy tibbiy jarrohlik vositalarini ham ishlab chiqaradi.

Uchrashuv davomida Xvaj Mas’ud Axtar, umuman olganda, kompaniya “nou-xau”lar, texnologiyalar mahfiyligini ta’minlash, tovarlarning yuqori sifatini saqlab qolish maqsadida xorij davlatlarida investitsiyaviy faoliyat olib bormasligini qayd etdi.

Shunga qaramay, Forward Group O‘zbekistonning iqtisodiy salohiyatini inobatga olgan holda aynan bizning mamlakatda birinchi investitsiyaviy loyihasini amalga oshirishga qaror qildi. O‘zbekistonda MDH va Yevropa makonida muqobili yo‘q bo‘lgan zamonaviy korxonani tashkil etish uchun 2017-2019 yillarda ulkan ishlar amalga oshirildi. Ushbu zavod Andijonda qad rostlaydi.

Qo‘shma korxoaning ishlab chiqarish salohiyati oyiga 3000 ta to‘pga teng. Yurtimizga olib kelingan asbob-uskunalar o‘z yo‘nalishida yagonadir va tijorat siri hamda intellektual mulkning qimmatbaho ob’ektlari hisoblanadi.

Elchi bilan suhbat chog‘ida ushbu loyihaning to‘liq ro‘yobga chiqarilishi O‘zbekistonning investitsiyaviy imijini nafaqat Pokistondagi, balki boshqa davlatlardagi yirik kompaniyalar ko‘z o‘ngida yanada mustahkamlashi alohida e’tirof etildi. Xususan, UYeFA, FIFAning jahon miqyosidagi va boshqa nufuzli futbol turnirlari uchun “O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan” brendi ostida to‘plar ishab chiqarish respublikamiz iqtisodiyoti sifati va sanoat salohiyatini namoyon etadi.

Muloqot yakunida pokistonlik biznesmen Andijon viloyatida Forward-TH Sports loyihasi muvaffaqiyatli amalga oshirilsa, kompaniyasi O‘zbekistonda sport sumkalari hamda dunyo futbol klublari uchun liboslar ishlab chiqarish bo‘yicha yirik investitsiya loyihalarini hayotga tatbiq etishni rejalashtirayotganini bildirdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Andijonda FIFA va UYeFA musobaqalarida o‘ynaladigan to‘p ishlab chiqariladi