08:45 / 27.07.2019
2 006

Arveladze; "11 ochkolik farqni katta deya olmayman"

Arveladze; "11 ochkolik farqni katta deya olmayman"
Superliga 14-tur doirasidagi "Paxtakor" – "Qo‘qon-1912" uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida “sherlar” ustozi Shota Arveladze qatnashdi.

“Yangi davrani boshlash har doim qiyin bo‘ladi. Jarohat olgan futbolchilarni safga qaytishi, yetakchilarning esa yana formasini tiklab olishi oson kechmaydi. Men bugun juda ham asabiylashdim. Sababi Qo‘qon bilan o‘ynash har doim qiyin bo‘lgan. Biz bugun uch ochkoga haqli edik. Ilk qadamni boshladik va muxlislarga rahmat aytaman.

«Lokomotiv» bilan 11 ochkolik farqni katta deya olmayman. Raqibni hurmat qilish kerak. Mavsum endi boshlandi. Hamma narsa bo‘lishi mumkin. Menga bu yilgi va o‘tgan yilgi chempionat ham yoqadi. «Lokomotiv» hamda «Paxtakor» kabi jamoalar chempionatning yetakchilari. «Bunyodkor» va «Nasaf»ni ham unutmaslik kerak.

Boshqalarni hurmat qilgan holda «So‘g‘diyona», AGMK, «Navbahor», «Metallurg» klublariga qarshi o‘ynash ham qiyin kechadi. Mehmondagi har bir uchrashuv mushkul kechadi va ochko olish ham oson bo‘lmaydi. Tarkibimizning ayrim qismlarida uzilishlar bor, ularni to‘ldirish kerak. Har bir o‘yinga raqib kim bo‘lishidan qat’iy nazar yaxshi tayyorlanamiz.

Mag‘lubiyat haqida savol bermasliklaringizni so‘rayman, sababi biz doim maksimal natijaga harakat qilamiz. Hozir 14-turni o‘tkazdik. Hali terma jamoadagi o‘yinlar bor. Undan keyin esa chempionat doirasida yana 12 o‘yin kutib turibdi”, – deydi Arveladze.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Arveladze; "11 ochkolik farqni katta deya olmayman"