22:01 / 04.08.2019
2 594

O‘zbekiston Kubogi. “Paxtakor” va “Navbahor” chorak finalga yo‘l oldi

O‘zbekiston Kubogi. “Paxtakor” va “Navbahor” chorak finalga yo‘l oldi
O‘zbekiston kubogi 1/8 finalidan o‘rin olgan bir qator uchrashuvlar o‘z nihoyasiga yetdi.

“Paxtakor” klubi o‘z maydonida “Yashnobod”ni qabul qildi va yirik hisobdagi g‘alabani qo‘lga kiritdi. “Sherlar”ning gollariga Dragan Cheran, Doston Hamdamov, Srdor Sobirxo‘jayev, Jaloliddin Masharipov va Shohruh Mahmudhojiyevlar muallif bo‘lishdi.

Parallel kechgan bahsda “Navbahor” vodiy derbisida “Neftchi”ni yengdi. Namanganliklar safida Ivan Solovyov dubl qayd etgan bo‘lsa, yana bir golga Aziz Turg‘unboyev muallif bo‘ldi. Mehmonlarning yagona javob to‘pini Jamshid To‘raqulov kiritdi.

Shu tariqa, “Paxtakor” va “Navbahor” jamoalari chorak finalga yo‘l olishdi. Pro-liganing kki vakili esa musobaqani tark etdi.

O‘zbekiston kubogi, 1/8 final

"Paxtakor" – "Yashnobod" 5:0 (1:0, 4:0)
Gollar:
1:0 - 3 Cheran, 2:0 - 67 Hamdamov, 3:0 - 70 Sobirxo‘jayev, 4:0 - 74 Masharipov, 5:0 - 78 Mahmudhojiyev.
"Paxtakor": Sanjar Quvvatov, Vladimir Kozak, Yegor Krimets, Sherzod A’zamov, Alisher Salimov, Bobur Asqarov (Jahongir Ahmadov 25 (Odiljon Hamrobekov, 60), Sardor Sobirxo‘jayev, Jaloliddin Masharipov, Dragan Cheran (Husniddin G‘ofurov, 73) Dostonbek Hamdamov, Shohruh Mahmudhojiyev.
"Yashnobod": Bobur Haydarov, Islom Ismoilov, Rasul Rahmonberdiyev, Abbos Saidkarimov, (Boymatov, 61) Shokir Beknazarov, Bekzod Ahmedov (Ergashev, 71), Rustam Azimov, Muhammad Abdulaziz Omonaliyev, Amir Fayziyev, Muhammad Komilov, Tohir Isroilov.

"Navbahor" – "Neftchi" 3:1 (3:0, 0:1)
Gollar:
1:0 - 31 Turg‘unboyev, 2:0 - 38 Solovyov, 3:0 - 44 Solovyov, 3:1 - 89 To‘raqulov.
"Navbahor": O‘tkir Yusupov, Azim Ahmedov, Shahzod Shaymanov, Ivan Solovyov (Aziz Ibragimov, 74), Aziz Turg‘unboyev (Komiljon Tojiddinov, 71), Aleksandr Kasyan, Obid Jo‘raboyev, Mirzohid G‘ofurov, Igor Golban, Ilhomjon Alijonov, Amirbek Jo‘raboyev.
"Neftchi": Sherzod Abduraimov, Shodiyor Xojimatov, Islom Toshpo‘latov, Jamshid Qobulov, Mirjamol Ne’matov, Dilyor Irmatov, Javohirbek Rasulov (Ilhom Ibragimov, 73), Islombek Karimov, Ja’far Ismoilov, Jamshidbek To‘raqulov, Ibrohim No‘’monov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston Kubogi. “Paxtakor” va “Navbahor” chorak finalga yo‘l oldi