20:00 / 17.08.2019
2 447

"Qo‘qon-1912" o‘z maydonidagi ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdi

"Qo‘qon-1912" o‘z maydonidagi ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdi
Superliga 17-turida "Qo‘qon-1912" o‘z maydonida "Surxon" jamoasini qabul qildi.
Uchrashuv maydon egalarining faol hujumlari bilan bilan boshlandi. Dastlabki daqiqalardanoq tashabbusni qo‘lga olgan "Qo‘qon-1912" futbolchilari birinchi bo‘limning 7-daqiqasidayoq tezkor gol kiritishni uddasidan chiqdilar. Bu vaziyatda mezbonlarning kombinatsiya orqali tashkil etgan hujumini 4-raqamli futbolchi Sobit Sindarov aniq zarba bilan golga aylantirdi - 1:0.

Goldan ruhlangan mezbonlar raqib darvozasiga ikkinchi golni kiritish uchun faollikni yanada oshirdilar. Tashkil etilgan hujumlar natijasida "Qo‘qon-1912" futbolchilarida yana yana qulay imkoniyatlar yuzaga kela boshladi. Dastlab Shaxboz Erkinovning zarbasiga aniqlik yetishmagan bo‘lsa, keyinchalik Murod Xolmuxammedovning burchakdan yetkazib bergan to‘piga Suhrob Berdiyevning bosh bilan yo‘llagan zarbasi bir oz noaniq bo‘ldi.

Mezbonlarning hujumkor o‘yiniga o‘z navbatida tezkor qarshi hujumlar bilan javob berib turgan "Surxon" vakillari 38-daqiqaga kelib hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldilar. Mehmonlar futbolchisi Abdul Aziz Yusupovga nisbatan ishlatilgan qo‘pollik uchun uchrashuvni boshqarib borayotgan bosh hakam "Qo‘qon-1912" darvozasi tomon jarima zarbasi belgiladi. "Surxon" jamoasining tajribali futbolchisi Shavkat Salomov chamasi 25 metrlardan jarima zarbasi ajoyib tarzda ijro etib, mezbonlar darvozasini ishg‘ol etdi - 1:1.
Birinchi bo‘lim so‘ngiga qadar darvozalarga boshqa gol kitilmadi va 1:1 hisobida yakuniga yetdi.

Ikkinchi bo‘lim yana mezbon jamoa futbolchilarining hujumkor o‘yini bilan boshlandi.
Ikkinchi bo‘limning dastlabki daqiqalarida "Qo‘qon-1912" futbolchisi Suhrob Berdiyevda mehmonlar darvozasiga gol kiritish uchun imkoniyat yuzaga kelgandi, biroq bu vaziyatda uning zarbasi noaniq bo‘ldi. Oradan bir oz vaqt o‘tib mezbonlarda burchak to‘pi tepish imkoniyati yuzaga keldi. Murod Xolmuxammedovning burchak to‘pidan yo‘llangan aylanma zarbasi juda xavfli chiqdi, bir oz noaniq. Uchrashuvning 58- daqiqasi mezbonlar uchun omadli keldi. Bu vaziyatda "Surxon" jamoasining legioner futbolchisi Vladimir Bubanya o‘z jarima maydoni yaqinida mezbonlar futbolchisiga nisbatan o‘yin qoidasini buzdi. Jarima to‘pini qo‘qonliklarning tajribali futbolchisi Murod Xolmuxammayedov kuchli zarba bilan golga aylantirdi - 2:1.

Oradan bir oz vaqt o‘tib "Surxon" jamoasi vakillarida o‘yinda hisobni tenglashtirish uchun imkoniyat yuzaga kelgandi, biroq bu vaziyatda A’zam Aliyevning zarbasiga aniqlik yetishmadi. O‘tkazib yuborilgan goldan so‘ng mehmonlar o‘yinni ancha kuchaytirishdi, lekin ular tomonidan tashkil etilgan bir necha hujumlar samara keltirmadi.
Shu tariqa "Qo‘qon-1912" jamoasi Superliga uchrashuvlarida o‘z maydonidagi ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdi.

«Qo‘qon-1912» - «Surxon» 2:1 (1:1)
Gollar:
Sobit Sindarov 7, (1:0), Shavkat Salomov 38, (1:1), Murod Xolmuxammedov 58, (2:1)

“Qo‘qon-1912”: 1. Islom Abdullayev, 4. Cobit Sindarov (11. Timur Hakimov - 84), 7. Jamshid Hasanov, 10. Quvondiq Ro‘ziyev, 14. Avaz Mamatxo‘jayev (16. Jasur Hasanov – 83), 15. Oybek Rustamov, 17. Jahongir Ahmadov, 19. Suhrob Berdiyev (91. Otabek Haydarov – 76), 22. Shahboz Erkinov, 65. Marko Milich, 70. Murod Holmuhammedov.
Zaxira: 33. Muzaffar Abdullayev, 9. Zafar To‘rayev, 21. Timur Usmonov, 27. Jasur Yoqubov, 72. Alisher Samatov.

“Surxon”: 22. Sardor Qobuljonov, 2. Abduqahhor Xojiakbarov, 4. Duglas Nasimento (99. Lukas De Oliveyra – 70), 6. Rahmatullo Berdimurodov (77. Asror G‘ofurov -30), 10. Shavkat Salomov (9. Shohnazar Norbekov-80) , 13. Abdul Aziz Yusupov, 14. Abror Ismoilov , 19. Vladimir Bubanya, 20. Husniddin G‘ofurov, 21. A’zam Aliyev, 44. Darko Stanoyevich.
Zaxira: 1. Asilbek Amonov, 12 . Azamat Ahmedov, 5. Azamat Isroilov, 7. Ravshanbek Xursanov, 15. Azamat Allaniyozov, 17. Eldor Boymatov.

Bekzod Tolibov tayyorladi

Manba: championat.asia

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Qo‘qon-1912" o‘z maydonidagi ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdi