21:00 / 22.08.2019
3 147

Tayson Fyuri: “Uni bir qoʻlimda ham yengaman”

Tayson Fyuri: “Uni bir qoʻlimda ham yengaman”
Foto: “Prosports.kz”
Superogʻir vaznda sobiq jahon chempioni Tayson Fyuri WBA, IBF va WBO yoʻnalishlari chempioni Endi Ruisga qarshi potensial jang oldidan oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashdi, deb xabar berdi «Prosports.kz».

“Hayotda nimalar kutib turganini hech qachon bilmaysan, — deydi Fyuri Ruis bilan ehtimoliy jang yuzasidan. — Biroq bir narsani aniq aytishim mumkin: men muxlislarga Ruisni bir qoʻlim bilan urishim uchun qaysi qoʻlimni orqaga olib turishimni tanlashi uchun izn beraman. Chunki uni yengish uchun menga bir qoʻlim ham yetadi”.
Eslatib oʻtamiz, 14-sentyabr kuni Nevada shtati, Las-Vegasdagi “T-Mobile” arenasida 31 yoshli Fyuri Otto Uallinga qarshi jang oʻtkazadi.

Ruisga keladigan boʻlsak, chempion 7-dekabr kuni superogʻir vaznda sobiq chempion Entoni Joshuaga qarshi jang olib boradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Tayson Fyuri: “Uni bir qoʻlimda ham yengaman”