07:18 / 25.08.2019
1 203

Azizbek Abdug‘ofurov: "O‘zbekistonga ko‘proq kamarlar olib kelishni istayman"

Azizbek Abdug‘ofurov: "O‘zbekistonga ko‘proq kamarlar olib kelishni istayman"
Chelyabinskda kechgan boks kechasida rossiyalik Gasan Gasanovni 4-raundda texnik nokautga uchratgan hamyurtimiz Aziz Abdug‘ofurov jangdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Biz bokschilar ringga chiqishga o‘rganib qolganmiz va buning oldidan yaxshilab tayyorgarlik ko‘ramiz. Ammo bitta raqibga qarshi tayyorlanib, jangga oz fursat qolganida raqib o‘zgarsa, juda ham qiyin bo‘ladi. Gasanov og‘ir vaznga ega edi va shu bois birinchi raundda uni tekshirib oldim. Ikkinchi raundda esa nazoratni o‘z qo‘limga oldim, uchinchisidan esa ustunlikka ega bo‘la boshladim.

Raqib men kutgandan ko‘ra kuchliroq harakat qildi. Shu bois nokaut haqida emas, chiroyli jang qilishni istadim. O‘zbekistonga imkon qadar ko‘proq kamar olib kelishni, ona shahrimni ulug‘lashni istayman", - dedi Abdug‘ofurov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Azizbek Abdug‘ofurov: "O‘zbekistonga ko‘proq kamarlar olib kelishni istayman"