21:30 / 08.09.2019
2 453

O‘zbekiston U-16 birinchi o‘yinda BAAni mag‘lub etdi

O‘zbekiston U-16 birinchi o‘yinda BAAni mag‘lub etdi
O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi Toshkentda BAA o‘smirlari bilan dastlabki o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazdi.
Azamat Abduraimov boshchiligidagi jamoamiz birinchi bo‘limda raqiblar darvozasiga ikkita gol urishdi. Dastlab 9-daqiqada Nodir Abdurazzoqov gol urgan bo‘lsa, oradan 9 daqiqa o‘tgach Rian Islomov BAA darvozasini ishg‘ol qildi.

Ikkinchi bo‘limda darvozalarga gol urilmadi va O‘zbekiston 2:0 hisobida g‘alabaga erishdi.
11 sentyabr kuni ushbu jamoalar "Yakkasaroy" (sobiq "To‘qimachi") stadionida ikkinchi marta o‘zaro o‘yin o‘tkazishadi. Bu bahs soat 16:00da boshlanadi.

O‘rtoqlik uchrashuvi
O‘zbekiston U16 - BAA U-16 - 2:0
Gollar:
Nodir Abdurazzoqov (9). Rian Islomov (18).

O‘zbekiston U16: 12. Beknur Parmonov, 2. Sunnatilla Poyonov, 3. Abdulaziz Toshkenboyev, 4. Aleksandr Zevadinov, 5. Elyor Yulbarsov, 6. Muhiddin Pazildinov, 7. Rian Islamov, 8. Nodir Abdurazooqov, 9. Diyor Inomov, 10. Sardor Hojiboyev, 11. Po‘lat Jumaxonov.
Zaxira: 13. Muhammadali Usmonov, 14. Sarvar Bahodirov, 15. Jamol Rahimov, 17. Mirhait Xoldarov, 18. Aziz Hakimov, 19. Aziz Asadov, 21. Husan Mahmudov.

BAA U16: 1. Said Salim Nosir, 2. Mansur Saloh, 3. Jamol Halifa, 4. Ali Tohir, 5. Ahmad Abdulloh, 6. Saud Muhammad, 7. Yusuf Ibrohim, 10. Muhammad Ahmad Alharti, 13. Holdi al Nosir, 20. Abdulloh Ahmad, 21. Sulton Odil.



arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston U-16 birinchi o‘yinda BAAni mag‘lub etdi