Superliganing 19-turidan o‘rin olgan AGMK - "Dinamo" (3:1) uchrashuvidan keyin mehmonlar ustozi Davron Fayziyev o‘z fikrlarini bildirdi.
"Jadvalda yonma-yon turgan ikki jamoa o‘rtasidagi bahs guvohiga aylandik. Biz yana o‘z xatolarmiz tufayli jazolandik. Bugun qarshi hujumlar qurboniga aylandik desak to‘g‘riroq bo‘ladi. Masalan, Grigalashviliga o‘xshagan futbolchi bizning jamoada yo‘q.
Ikkinchi davrani ketma-ket oltita mag‘lubiyat bilan boshladik. Ayni paytda meni o‘rnimda bo‘lishni hech kim xohlamasa kerak. Qiyin vaziyatdan chiqishga harakat qilamiz.
Sen urmasang senga urishadi, bu futbolning qoidasi. AGMKni haqqoniy g‘alaba bilan tabriklayman.
AGMKning qarshi hujumlaridan ehtiyot bo‘lishimiz kerakligini aytgandim. Birinchi gol o‘tkazib yuborganimizdan keyin yigitlar futbol o‘ynashni boshlashdi. Birinchi taymning o‘zida biz mezbonlardan ko‘proq hujum tashkil qildik, ikkinch taymda ham biz hujumga o‘tdik, ammo golni AGMK urdi", - deydi Davron Fayziyev. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi
Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH»
OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi
“Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi?
Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak?