"Navbahor" o‘z maydonida "Paxtakor"ga imkoniyatni boy berdi

  • 15 sentyabr 2019, 20:31
  • 465
  • Sport
  • "Navbahor" o‘z maydonida "Paxtakor"ga imkoniyatni boy berdi
    O‘zbekiston Superligasi 19-turidan o‘rin olgan "Navbahor" hamda "Paxtakor" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin o‘z nihoyasiga yetdi.
    Namangandagi "Markaziy" stadionda kechgan uchrashuvda toshkentliklar minimal hisobda raqibdan ustun kelishdi. Bellashuvdagi yagona gol 27-daqiqada Dostonbek Hamdamov tomonidan kiritildi.

    Shu tariqa, "sherlar" hisobidagi ochkolar soni 53 taga yetdi va jamoa turnir jadvalida peshqadamlikni davom etttirmoqda. 25 ochkosi bor "lochinlar" esa 7-pog‘onadan joy olishgan.

    “Navbahor” – “Paxtakor” 0:1
    Gol:
    Dostonbek Hamdamov 27.
    "Navbahor": O‘tkir Yusupov, Mirzohid G‘ofurov, Jahongir Mehmonov, Igor Golban, Shahzod Shaymanov, Amirbek Jo‘raboyev, Ilhom Alijonov (Azimjon Ahmedov, 80), Aziz Ibragimov (Abdulhay Ismoilov, 46), Azizbek Turg‘unboyev, Ivan Solovyov, Aleksandr Kasyan (Sherzod Hakimov, 76)
    Zaxira: Dilshod Hamroyev, Xojiakbar Yunusov, Komiljon Tojiddinov, G‘iyos Komilov, Ayubxon No‘’monov, Nodir Mavlonov

    "Paxtakor": Eldorbek Suyunov, Xojiakbar Alijonov, Sherzod A’zamov, Yegor Krimets (s), Farruh Sayfiyev, Odiljon Hamrobekov, Sardor Sobirxo‘jayev (Husniddin G‘ofurov, 84), Dostonbek Hamdamov (Bobur Asqarov, 90+5), Dragan Cheran, Jaloliddin Masharipov, Marat Bikmayev (Vladimir Kozak, 77).
    Zaxira: Sanjar Quvvatov, Alisher Salimov, Igor Sergeyev, Humoyunmirzo Iminov, Shohruh Mahmudhojiyev.

    Ogohlantirishlar: Xojiakbar Alijonov 28, Ivan Solovyov 29, Amirbek Jo‘raboyev 32, Mirzohid G‘ofurov 37, Sardor Sobirxo‘jayev 44, Abdulhay Ismoilov 81, Husniddin G‘ofurov 90+4.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » "Navbahor" o‘z maydonida "Paxtakor"ga imkoniyatni boy berdi