06:00 / 17.09.2019
2 042

Rossiyalik professional bokschi MMA da jang qiladi

Rossiyalik professional bokschi MMA da jang qiladi
Rossiyalik professional bokschi Dmitriy Kudryashovning ta’kidlashicha, u katta ehtimol bilan 12 oktyabr kuni Moskvada tashkil etiladigan, MMA turnirida oktagonga chiqadi. Ammo, boksni tark etayotgani yo‘q. Baribir boksdagi faoliyatini davom ettiradi.

WBC Silver kamarining sobiq chempioni professional ringda 23 marotaba g‘alaba qozongan, uch bora mag‘lubiyatga uchragan. Iyun oyida Yekaterinburgda bo‘lib o‘tgan so‘ngi jangida Kongo Demokratik Respublikasi vakili Ilung Makabadan texnik nokautni qabul qilib olgan edi.

-"Men, katta ehtimol bilan 12 oktyabr kuni Moskvada bo‘lib o‘tadigan "Fight Nights" turnirida MMA qoidalariga muvofiq jang o‘tkazaman. Boksdagi faoliyatimga kelsak, biz (Rossiya boks federatsiyasi bosh kotibi) Umar Kremlyov ikkimiz Ilunga Makaba bilan revansh haqida suhbatlashdik. Voqealar rivoji shunday ko‘rinish olmoqda...

Men shunchaki o‘zimni sinab ko‘raman. Hech qanday holatda Dmitriy Kudryashovni boksdagi faoliyatini tugatib, MMAga yo‘l oladi deb ayta olmayman. Boksda qiladigan ishlarim bor. Ambitsiyalar mavjud, shuning uchun men boksda qolaman",-deya fikr bildirgan Kudryashov. Bu borada "RIA Novosti" xabar qiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Rossiyalik professional bokschi MMA da jang qiladi