12:15 / 19.09.2019
4 346

Tarixda ilk bora kuchli uchlikdamiz!

Tarixda ilk bora kuchli uchlikdamiz!
Joriy yilning 14-sentyabridan 22-sentyabriga qadar Nur-sulton shahrida (Qozogʻiston Respublikasi) Yunon-rum va erkin kurash hamda ayollar kurashi boʻyicha Jahon chempionati boʻlib oʻtmoqda. Mazkur musobaqada dunyoning 100 ta davlatidan 900 nafar sportchi ishtirok etmoqda.
Shu jumladan jahon chempionatida munosib ishtirok etayotgan Oʻzbekiston terma jamoasi safida Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy xizmatchisi Yelmurat Tasmuradov (60 kg) ham Yunon-rum kurashi boʻyicha oʻz mahoratini namoyish etdi.

Nur-Sultan shahri mezbonlik qilayotgan sport kurashlari boʻyicha jahon chempionatida yunon-rim kurashi ustalarining chiqishi bugungi kunga kelib yakunlandi. Eʼtiborlisi, unda Oʻzbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida ikkinchi oʻrinni egalladi. Taʼkidlash joiz, terma jamoamiz jahon chempionatlarida ilk bor kuchli uchlikdan joy olgani yanada ahamiyatli.

Bundan tashqari, jahon chempionatida umumjamoa hisobida ikkinchi oʻrinni olishimiz uchun oʻz hissasini qoʻshgan Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi Yelmurat Tasmuradov (60 kg) 2020-yilda Tokioda boʻlib oʻtadigan Olimpiada oʻyinlariga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi.
Terma jamoamizni yuqori natija bilan tabriklaymiz!

Nafosat Zafarova,
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi
Matbuot xizmati yetakchi mutaxassisi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Tarixda ilk bora kuchli uchlikdamiz!