09:33 / 17.01.2020
3 309

Konor Makgregor 19 yanvarda navbatdagi jangini o‘tkazadi

Konor Makgregor 19 yanvarda navbatdagi jangini o‘tkazadi
Foto: MMA Junkie
UFC’ning ikki vazn toifasidagi sobiq chempioni Konor Makgregor Toshkent vaqti bilan 19 yanvar tongida navbatdagi jangini o‘tkazadi.
Makgregor UFC 246 musobaqasi doirasida amerikalik Donald Serronega qarshi jang qiladi.

UFC 246 musobaqasiga Las-Vegas shahri mezbonlik qiladi. Eslatib o‘tamiz, Makgregor UFC 229 musobaqasida Habib Nurmagomedovga mag‘lub bo‘lganidan so‘ng biror marta ham boshqa jangda ishtirok etmadi.

Ma’lumot uchun, Konor Makgregor MMA’da 25 ta jang o‘tkazib, ularning 21 tasida g‘alaba qozongan. To‘rtta jangda esa mag‘lub bo‘lgan. Serrone esa 36 ta jangda g‘alaba qozonib, 13 ta jangda mag‘lub bo‘lgan. Yana bitta jangda esa durang qayd etgan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Konor Makgregor 19 yanvarda navbatdagi jangini o‘tkazadi