07:53 / 22.01.2020
2 809

OCHL-2020 saralash. Eron klublariga texnik mag‘lubiyat yozilishi mumkin

OCHL-2020 saralash. Eron klublariga texnik mag‘lubiyat yozilishi mumkin
Xabaringiz bor, bugun Osiyo chempionlar ligasi yangi mavsum guruh bosqichiga chiqish uchun 2-saralash raundi o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.
Ma’lum sabablarga ko‘ra, Erondagi bahslar o‘tkazilmadi. Taniqli futbol mutaxassisi Alisher Nikimbayev telegram'dagi sahifasi orqali bunga aniqlik kiritib o‘tdi.

OFK Eron klublarining 2-saralash bosqichidagi uy uchrashuvlarini 25 yanvar sanasi bilan Amirliklarga (BAA) ko‘chirdi. Agar, “Istiqlol-Texron” va “Padidex” (“Shaxr Xadro”) ushbu qarorga rozi bo‘lsa, u holda ular Amirliklarga uchib kelishi va o‘yin o‘tkazishi shart bo‘ladi. Bordiyu, ular oldin aytilganidek, musobaqani boykot qilishga qat’iy qaror qilishsa, unda jamoalarga texnik mag‘lubiyat yoziladi. Voqealar rivojini kuzatamiz”, – deya qayd etgan Nikimbayev.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » OCHL-2020 saralash. Eron klublariga texnik mag‘lubiyat yozilishi mumkin