20:20 / 22.01.2020
4 017

U-23 Osiyo chempionati. 3-o‘rin uchun O‘zbekiston bilan bahslashadigan jamoa aniqlandi (taqvim)

U-23 Osiyo chempionati. 3-o‘rin uchun O‘zbekiston bilan bahslashadigan jamoa aniqlandi (taqvim)
Tailanddagi qit’a birinchiligining ikkinchi yarim final bahsi Avstraliya hamda Janubiy Koreya o‘rtaisda bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvning asosiy taymida hisob ochilmagan bo‘lsa, keyingi bo‘limda koreyaliklar a’zolari Kim Dae Von hamda Li Don Gyon raqib darvozasini ishg‘ol etishdi. Mazkur gollar J.Koreyaga Osiyo chempionati finali hamda Tokio-2020 Olimpiadasi yo‘llanmasini taqdim etdi.

Ular musobaqaning hal qiluvchi bahsida Saudiya Arabistoniga qarshi to‘qnash kelishadi. “Kengurular yurti” futbolchilari esa O‘zbekiston OTJ bilan uchinchi o‘rin uchun kurash olib boradi. Bronza medallari sohibi ham Olimpiada ishtirokchisiga aylanadi.

Avstraliya – J.Koreya 0:2
Gollar:
Kim Dae Von 56, Li Don Gyon 76

3-o‘rin uchun bahs:
25-yanvar, 17:30, O‘zbekiston – Avstraliya

FINAL:
26-yanvar, 17:30, J.Koreya – S.Arabistoni

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » U-23 Osiyo chempionati. 3-o‘rin uchun O‘zbekiston bilan bahslashadigan jamoa aniqlandi (taqvim)