Tailandda 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida Osiyo chempionati bahslari davom etmoqda. Yarimfinalda Saudiya Arabistoniga imkoniyatni boy bergan O‘zbekiston Tokio olimpiadasi yo‘llanmasi uchun imkoniyatni yo‘qotgani yo‘q.
25 yanvar kuni Bangkokdagi «Rajamangala» stadionida O‘zbekison hamda Avstraliya jamoalari o‘rtasida uchinchi o‘rin uchun o‘yin o‘tkaziladi. Bu o‘yin g‘olibi musobaqaning bronza medallari bilan birga Tokio-2020 olimpiada o‘yinlarining futbol bahslariga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi.
25 yanvar kuni Toshkentdan Tailandga O‘zbekiston U23 jamoasini qo‘llab-quvvatlash uchun ko‘p sonli muxlislar keladi. Maxsus charter reys Toshkentdan Bangkokka 150 nafar o‘zbekistonlik muxlisni olib kelishi kutilmoqda.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston — Avstraliya o‘yini 25 yanvar kuni Toshkent vaqti bilan 17:30 da boshlanadi. Musobaqa g‘olibligi uchun Saudiya hamda Janubiy Koreya jamoalari bahslashadi. Final 26 yanvarga belgilangan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina askarlari Zelenskiyning bayonotiga kutilmagan munosabat bildirishdi
Xitoy TIV: AQSH dunyodagi eng yirik dezinformatsiya manbai
Permdagi saylov uchastkasida portlash yuz berdi
103 yoshli italiyalik ayol haydovchi jarimaga tortildi
Isroilda minglab odamlar garovga olinganlarni ozod qilishni talab qildi
Qirg‘iziston prezidenti masjidda namoz o‘qib, iftorlik berdi
Toshkentdagi 11 ta bozorda arzonlashtirilgan savdo yarmarkalari tashkil qilindi
Kirg‘iz Respublikasida 45 ming muxlisga mo‘ljallangan stadion quriladi