19:26 / 24.01.2020
2 843

"Ufa" Oston O‘runov uchun "Lokomotiv"ga 150 ming dollar to‘laydi

"Ufa" Oston O‘runov uchun "Lokomotiv"ga 150 ming dollar to‘laydi
Toshkentning "Lokomotiv" jamoasi sobiq futbolchisi Oston O‘runov faoliyatini Rossiyada davom ettiradi.
19 yoshli xavbek "Ufa"ga o‘tadi. U RPL klubiga qishki yig‘inda qo‘shildi va jamoa bosh murabbiyi Vadim Yevseyevda yaxshi taassurot qoldirdi.

Manbaning xabariga ko‘ra, O‘runovga 5 yillik shartnoma taklif qilinadi va transfer narxi 150 ming dollarni tashkil etadi.
O‘runov "Ufa"ning o‘rtoqlik o‘yini doirasidagi "Uypesht" jamoasiga qarshi o‘yinda ham ishtirok etishga ulgurdi.

Futbolchi "Lokomotiv"ga 2019 yilning iyulida o‘tgan edi va jamoa safida 13 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urishga erishdi.
Eslatib o‘tamiz, "Lokomotiv" Oston O‘runovning transferi uchun "Navbahor"ga 343 million so‘m to‘lagan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Ufa" Oston O‘runov uchun "Lokomotiv"ga 150 ming dollar to‘laydi