10:23 / 25.01.2020
3 212

Bugun O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Avstraliyaga qarshi maydonga tushadi

Bugun O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Avstraliyaga qarshi maydonga tushadi
Foto:«O‘FA»
Tailandda yakuniga yetib borayotgan futbol bo‘yicha U-23 Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi bugun uchinchi o‘rin uchun bahs olib boradi. Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlari yo‘llanmasi uchun ham kechadigan mazkur bahsda Avstraliya terma jamoasi bizga raqiblik qiladi.

Bo‘lajak bahs Bangkokdagi «Rajamangala» stadionida Toshkent vaqti bilan 17:30 da start oladi. O‘yinni BAAdan bo‘lgan Muhammad Abdulla Hassan boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi.

Eslatib o‘tamiz, yarim finalda O‘zbekiston Saudiya Arabistoniga, Avstraliya esa Janubiy Koreyaga imkoniyatni boy bergan edi.

U-23 Osiyo chempionati.
3-o‘rin uchun.
25 yanvar, 17:30.
Bosh hakam: Muhammad Abdulla Hassan (BAA)
Avstraliya – O‘zbekiston

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Bugun O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Avstraliyaga qarshi maydonga tushadi