22:50 / 13.02.2020
2 868

Sarri "Yuventus"ning Messiga qiziqishi haqida gapirdi

Sarri "Yuventus"ning Messiga qiziqishi haqida gapirdi
"Yuventus" bosh murabbiyi Mauritsio Sarri klubning "Barselona" forvardi Lionel Messiga qiziqishi haqida gapirdi.
"Siz menga Messi haqida savol berayapsiz, "Barselona" bilan shartnomasi bor bo‘lgan ekstra-klassdagi o‘yinchi haqida. Hozir mening istalgan javobim to‘g‘ri kelmaydi, agar men "Barselona" rahbarlaridan biri bo‘lganimda shunday derdim: "Jin ursin, bu Sarriga yana nima kerak?" Shu bois yaxshisi javob bermayman", - dedi Sarri "Milan"ga qarshi o‘yin oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida.

Oldinroq, "Yuventus", "Manchester Yunayted", "Inter", PSJ va "Manchester Siti" argentinalik forvardni xarid qilishga qiziqayotgani haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgandi. Shuningdek, OAV vakillari Messining to‘rt yillik shartnomasi italiyaliklarga 350-365 mln yevroga tushishi mumkinligini hisoblab chiqishgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Sarri "Yuventus"ning Messiga qiziqishi haqida gapirdi