5 893
Musulmonlar qayd qilinuvchi ro‘yxatning yaratilishida Google, Apple va Uber ishtirok etishdan bosh tortdi
Google, Apple va Uber kompaniyalari AQShning yangi prezidenti etib saylangan Donald Tramp yaratilishi mumkinligini aytgan, musulmonlar qayd qilinuvchi ro‘yxatning yaratilishida ishtirok etmaydilar. Bu haqda "Kun.uz" nashri ma’lum qildi.
Google vakili nashr bilan suhbatda ularga hech kim bunday ro‘yxatni yaratishda ishtirok etishni taklif qilmagani, biroq agar shunday taklif bildirilsa ham, kompaniya o‘ylab o‘tirmasdan buni rad etishini aytgan. Apple vakili ham shunga o‘xshash javob bergan, biroq kompaniya o‘zining barcha foydalanuvchilariga birdek munosabatda ekanligini qo‘shimcha qilgan. Uber’da ham bunday xizmatni yaratishda ishtirok etmasliklari aytildi.
Nashr, shuningdek, bu borada Amazon va Oracle kompaniyalari fikrini bilish uchun bu kompaniyalarga so‘rov yuborgan, biroq ulardan javob olinmagan.
Donald Tramp AQShda yashovchi barcha musulmonlar qayd qilinadigan ro‘yxatning yaratilishi mumkinligini aytgan. Uning aytishicha, bu ro‘yxat AQShdagi terrorchilik faolligini nazorat qilishga yordam beradi.
2016 yil 13 dekabrda AQShning yirik texnologik kompaniyalaridagi 1,5 ming kishi musulmonlar qayd qilinadigan ro‘yxatning yaratilishida hech qachon ishtirok etmasliklarini aytishgan. Google, Apple, Amazon, Uber va Oracle kompaniyalari xodimlari ham bunga o‘z noroziliklarini bildirganlar. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi