Dell XPS kompaniyasi Dell XPS 15 noutbukiga qarashli ba’zi texnik xususiyatlarni taqdimotdan oldin e’lon qilib yubordi. Terabayt.uz sayti yozishicha, mazkur noutbukka Intel Kaby Lake (i3-7100HQ, i5-7300HQ yoki i7-7700HQ) prosessorlari o‘rnatiladi. Displey aniqligi 4K (3840×2160 piksel) formatda bo‘lishi ma’lum qilingan.
Yangi noutbuk 4 GB videoxotiraga ega bo‘lgan NVIDIA GeForce GTX 1050 grafikasi bilan quvvatlanadi. Qizig‘i shundaki, NVIDIA kompaniyasi hali GeForce GTX 1050 grafik chiplarini rasman taqdim qilmaganidir. Mutaxassislar, AQSh giganti ularni CES 2017 ko‘rgazmasida namoyish qilishini taxmin etishmoqda.
Dell XPS 15 modeliga 32 GBgacha bo‘lgan operativ xotira va 1 TBgacha qattiq disk o‘rnatish mumkin. Noutbuk ham xuddi NVIDIA GeForce GTX 1050 grafikasi bilan bir qatorda yanvar oyida o‘tkaziladigan CES 2017 ko‘rgazmasida omma e’tiboriga havola etilishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi