Yaponiyaning Tiba shahri poytaxt Tokiodan 40 km uzoqlikda joylashgan. Hozirda million kishi yashaydigan bu shaharda yangi uylar faol ravishda qurilmoqda. Bor-yo‘g‘i ikki yildan keyin bu erga 10 mingdan ko‘proq kishi joylashadi, ular uchun dronlar uchun qo‘nish joyi bilan jihozlangan baland binolar qurilmoqda. Uylar dronlar qo‘nish joylaridan tashqari, havoda harakatlanishning nozik tomonlariga o‘rgatuvchi xodimlar va kerakli qurilmalar bilan jihozlanadi. Dronlar bilan ishlay oladigan operatorlarni tegishli ravishda tayyorlash uchun mahalliy ta’lim muassasalarida yangi ixtisoslikka talabalar qabul qilinmoqda.
Tiba meri dronlar yordamida mahsulotlarni etkazish keksa yoshli odamlar uchun yaxshi echim bo‘lishi mumkinligi aytmoqda. Ulardan ko‘pchiligi o‘zlari do‘konlarga borishga qiynaladilar, yengil va tezkor dron esa kerakli mahsulotlar, dori-darmon va buyumlarni to‘g‘ri qariyalarning uylariga etkazib berishi mumkin, deb xabar bermoqda Seeker.
Hammasi bo‘lib birinchi partiyada 200 ga yaqin dron ishlaydi. Ular shahar uzra uchib, odamlarga jo‘natmalar va xaridlarni etkazib berishadi. Shahar ma’muriyatining ta’kidlashicha, dronlarni qo‘llash transport tizimiga tushadigan yuklamani 40 foizga yengillashtirishga imkon beradi. Bundan tashqari, Tiba meri yangi tumanga sayyohlarni jalb qilmoqchi, axir Yaponiyadagi Olimpiadaga ham yaqin qoldi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi