Apple korporasiyasining eng tajribali dasturchilaridan biri - Kris Lettner - Tesla Motors kompaniyasiga o‘tmoqda. U yangi avtopilot tizimini ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi, deyiladi Tesla saytida taqdim etilgan xabarda.
"Biz Kris Lettner kelganidan xursandmiz. U Tesla’da avtopilotga mo‘ljallangan dasturiy ta’minot bo‘yicha vise-prezident bo‘ladi", - ta’kidlanadi xabarda. Unda aytilishicha, Lettner Apple’da taxminan 11 yil ishlab, Swift dasturlash tilini yaratishda katta o‘rin tutdi va yuqori malakali mutaxassis sifatida nom qozongan. Tesla Lettner inson ishtirokisiz harakatlana oluvchi avtomobillarni yaratishda yordam berishiga umid bildirmoqda.
Avvalroq Tesla’da avtopilot ishlab chiqish bo‘limida faqatgina vaqtinchalik rahbar bor edi. Bu lavozimni Jinna Hussayn egallab turgan bo‘lib, u SpaceX kompaniyasida dasturiy ta’minotni ishlab chiqishda boshchilik qilgan. Tesla’ga, huddi SpaceX kabi amerikalik ishbilarmon Ilon Mask rahbarlik qiladi. Reuters agentligining ta’kidlashicha, Lettner Apple rahbariyatini kompaniyani tark etishi haqida xabardor qilgan.
Ma’lumot uchun, Tesla 2016 yilning oktyabrida o‘zi tomonidan chiqariluvchi avtomobillarni avtopilotning butunlay avtonom ishlashiga ko‘mak beruvchi yangi tizimlar bilan jihozlash niyatida ekanini ma’lum qilgandi, deb yozmoqda Kun.uz sayti.
O‘shanda yangi tizimlar “avtomobilda 250 metr masofaga qadar 360 darajali ko‘rish imkonini beruvchi sakkizta kamera va 12ta yaxshilangan ultratovush datchiklari” bilan jihozlanishi aytilgan. Ular “yo‘lda qattiq va yengil ob’ektlarni avvalgidan ikki bora ko‘proq aniqlash imkonini beradi”. Bundan tashqari, Tesla mashinalari ma’lumotlarni qayta ishlovchi yaxshilangan funksiyali radarga ham ega bo‘ladi.
AQShda esa so‘nggi oylarda Tesla avtomobillarida avtopilotni qo‘llash bilan bog‘liq bir necha halokatlar ro‘y berganini ta’kidlab o‘tish joiz. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi