11:45 / 07.02.2017
5 910

Google soxta yangiliklarni tekshirishni tezlashtiradi

Google soxta yangiliklarni tekshirishni tezlashtiradi

Google kompaniyasi CrossCheck loyihasi ishga tushirilganini e’lon qildi, deb yozadi «Daryo» nashri. U shubhali ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan yangiliklarni birgalikda tekshirishda yordam beradi.

CrossCheck’ning maqsadi onlayn tarzda paydo bo‘ladigan yangiliklarning haqiqiyligini tekshirish bo‘yicha vositalarni rivojlantirishdan iborat. Media va IT kompaniyalar barcha mish-mishlar, axborot tashlanmalari (internet makonni qisqa, ammo ko‘plab his-tuyg‘ularni uyg‘otadigan axborot bilan keskin tarzda to‘ldirish) va qalbaki maqolalar o‘z vaqtida fosh qilinib, internetdan o‘chirilishi uchun o‘z kuchlarini birlashtiradi.

Servis 27 fevral kuni Fransiyada ishga tushadi va mamlakatdagi prezidentlik saylovlari chog‘ida faollik bilan ishlaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Google soxta yangiliklarni tekshirishni tezlashtiradi