Fashistlar Germaniyasining rahbari Adolf Gitlerga tegishli qizil telefon apparati AQShning Merilend shtatidagi auksion uyida sotuvga qo‘yildi. Bu haqda “Associated Press”ga asoslanib “Qalampir.uz” xabar bergan.
Bugun, 18 fevral kuni auksion savdolari boshlanishi kutilayotgan telefon apparatining boshlang‘ich narxi 100 ming AQSh dollari etib belgilandi. Chesapik shahridagi Aleksander tarix auksion uyi ma’muri Bill Panagopulos telefon 300 ming AQSh dollariga baholanishi mumkinligini bildirdi.
Gitlerning bosh qarorgohida ishlatilgan telefon, qo‘lda ham olib yurilgan. Uni Ikkinchi Jahon urushining yakuni arafasida Gitlerning bunkerini ishg‘ol etgan rus askarlari qo‘lga kiritgan edi. Keyinroq, ular bu matohni ingliz siyosatchisi ser Ralf Raynerga berib yuborishgan.
Qiziqarli jihati shundan iboratki, tarixda nomi qoralangan Gitler va uning hokimiyatiga tegishli buyumlar, kitob va aslahalar g‘arbdagi auksionlarda qimmat narxga sotiladi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
O‘zbekistonga qarshi Indoneziyaning asosiy hujumchilaridan biri maydonga tusha olmaydi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi