17:39 / 22.02.2017
5 437

Permlik dasturchi Terminatorning nusxasini yaratdi (Video)

Permlik dasturchi Terminatorning nusxasini yaratdi (Video)

Rossiyaning Perm shahrida yashovchi dasturchi Aleksandr Osipovich 3D-printeri yordamida Terminatorning nusxasini yaratdi, deb xabar berdi “Darakchi” nashri.

Mashhur filmdagi robotning nusxasi o‘zi turgan joyni aniqlay oladi, boshini qimirlatadi va sodda tilda suhbatlasha oladi. Shu bilan birga, u Internetdan zaruriy ma’lumotlarni olib, o‘zining ma’lumotlar bazasini yangilash xususiyatiga ega.

Osipovich bundan etti yil ilgari, institutda o‘qib yurgan kezlari mazkur robotni yaratish ustida ish boshlagan edi. Dasturchi avvaliga terminatorning miyasini, 2013 yilda esa 3D-printeri yordamida temirtanning boshqa qismlarini yaratdi.

Kelajakda Osipovich robotning bilimlar bazasini kengaytirib, qo‘l-oyoqlarini takomillashtirishni rejalashtirdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Permlik dasturchi Terminatorning nusxasini yaratdi (Video)