13:09 / 22.04.2017
5 975

Apple soatlarni sinovdan o‘tkazish maqsadida sun’iy ter yaratdi

Apple soatlarni sinovdan o‘tkazish maqsadida sun’iy ter yaratdi
Apple korporasiyasi Apple Watch soatlarining inson terisi bilan ta’sirini o‘rganish maqsadidda sun’iy ter yaratdi. Bu haqda korporasiyaning atrof-muhit himoyasiga bag‘ishlangan ishtirokini yorituvchi saytida ma’lum qilindi, deb yozadi Daryo nashri.

Apple’ning tushuntirishicha, zanglamaydigan po‘lat va boshqa qotishmalar tarkibiga nikel metalli kiradi. Ko‘plab odamlarda nikelga allergiya borligi sabab, kompaniya ushbu metall qanchalik tez vaqtda Apple Watch detalidan inson teriga tushishini tekshirmoqda.

Sinovda soat va uning alohida qismlari sun’iy ter joylashgan bankaga tushirilib, inson tana haroratini saqlab turuvchi inkubatorga joylanadi. Tasmalar bu kabi sharoitda bir hafta saqlanib, shundan so‘ng ularni o‘rganish boshlanadi.

Kompaniya sun’iy ter nimadan tashkil topganini ma’lum qilmadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Apple soatlarni sinovdan o‘tkazish maqsadida sun’iy ter yaratdi