O‘zbekistonda universal banklararo chakana to‘lov tizimi GlobUzCard yaratilmoqda, deb yozadi Hordiq.uz nashri.
Tizim Markaziy bank boshqaruvining 2017 yil 8 apreldagi qarori bilan tashkil etilmoqda. O‘zbekiston Adliya vazirligi hujjatni 2017 yil 15 may kuni tasdiqladi.
Markaziy bank qarorida aytilishicha, yangi tizim xalqaro to‘lov tizimlari bilan integrasiyalashadi.
Hujjatga ko‘ra, O‘zbekistonda “Yagona xalqaro prosessing markazi” qo‘shma korxonasi tashkil etiladi. Korxona GlobUz prosessing markazi funksiyasini bajaradi.
GlobUzCard Visa, MasterCard, Union Pay International, JCB, American Express, Diners Club va boshqa xalqaro to‘lov tizimlari bilan aloqalar o‘rnatadi. Bu chet elda GlobUz bank kartalaridan va O‘zbekiston hududida xorijiy banklar kartalaridan chet el valyutasida amaliyotlar o‘tkazish imkonini yaratadi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi