Foto: «uzcard.uz»
«UzCard» barcha plastik karta egalarini firibgarlar tuzog‘iga tushib qolmaslik uchun hushyor bo‘lishga chaqirdi. Bu haqda Xabar nashri ma’lum qiladi.
— Bugun «Telegram» tarmog‘ida paydo bo‘lgan plastik karta bilan bog‘liq firibgarlikka e’tiboringizni karatmoqchimiz, — deyiladi xabarda. — Biz tomonimizdan shubhali kanallar topildi. Unda mobil ilovalar orqali pul o‘tkazish yo‘li bilan noqonuniy biznesga chorlash maqsadida e’lonlar joylashtirilgan. E’londa «kartadan kartaga pul o‘tkazish» xizmati orqali mablag‘ o‘tkazish so‘ralib, bu summani ma’lum vaqtda 20 foizga ko‘paytirib berishni va’da qilishgan. Bu holatda o‘z pullaringizni yo‘qotishingiz ehtimoli juda katta.
Foydalanuvchilar bu kabi boshqa e’lon yoki chaqiruvlarga duch kelishganida «UzCard» ma’muriyatiga xabar berishlari so‘ralgan.
Ehtiyot bo‘ling, bunday shubhali xizmatlarga ishonganlarning internet-firibgarlar qarmog‘iga ilinishi turgan gap. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video)
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
Tarixdagi eng mashhur ikki tomonlama josuslar
O‘zbekiston U-23 terma jamoasi guruh bosqichidagi 2 o‘yinini “PSJ” stadionida o‘tkazadi
Netanyaxu: “Isroil garovga olinganlar evaziga harbiy harakatlarni to‘xtatishga tayyor”
Rossiyalik zobitning Buxoroda ko‘rgan-kechirganlari...