Navoiy viloyatida 9-sinf oʻquvchisi Xumoyun Haydarov qoʻlda koʻtarib yuriladigan “xolodilnik”, yaʼni “Mobil muzlatkich” yasadi. Ixtiro muallifining aytishicha, u asosan tibbiyotda aʼzolarni koʻchirishda ishlatishga moʻljallangan. Bu xaqda Turon24 xabar bermoqda.
2002 yilda Navoiy shahrida tavallud topgan H.Haydarov ayni paytda viloyatdagi yosh olimlar klubi sardori. U joriy yilning 17 yanvar kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti, Politexnika muzeyi hamda “Uzavtosanoat” AJ tomonidan tashkil etilgan “Yosh ixtirochilar” tanlovida qatnashgan edi. Unda qish kunlari ham ishlatilib, uyga gaz chiqqanda xabar beradigan “Aqlli ventilyator” ixtirosi bilan “Eng yaxshi muhandislik ishi” nominatsiyasida gʻolib boʻlgan.
Yosh ixtirochi 16-18 avgust kunlari Meksika davlatida oʻtkazilgan “First Global Challange” xalqaro robototexnika olimpiadasida ham ishtirok etib, Markaziy Osiyo ixtirochilari oʻrtasida mutlaq gʻoliblikni qoʻlga kiritdi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi