Instagram yaqindagi konsert va o‘yinlarni namoyish etadi

  • 19 avgust 2016, 09:01
  • 4 260
  • Texnologiya
  • Instagram yaqindagi konsert va o‘yinlarni namoyish etadi

    Instagram ijtimoiy tarmog‘i "Qidiruv va qiziqarli" (Explore) bo‘limida yangi videokanalni ishga tushirdi. "Voqealar kanali" (Events Channel) bo‘linmasiga kira turib, foydalanuvchilar yaqin atrofda sodir bo‘layotgan sport o‘yinlari, konsertlar va boshqa yirik tadbirlarning translyasiyasini tomosha qilishlari mumkin. Bu haqda "Kun" xabar berdi.

    Inset tarkibi foydalanuvchining shaxsiy afzalliklari bo‘yicha belgilanadi. "Postlar siz qaysi insonlar sahifasiga a’zo bo‘lganingizga yoki sizga qanday postlar yoqishi hisobiga avtomatik tarzda tanlanadi. Shuningdek, bizning fikrimizga ko‘ra, sizga manzur keladigan mavzular bo‘yicha qo‘lda yoki avtomatik tanlab olingan turli akkauntlarning postli videokanallarini ham tomosha qilishingiz mumkin", — deb yoziladi Instagram'da.

    Personallashtirilgan video to‘plam avvaliga faqat AQShda foydalanishga topshiriladi. "Tez orada" u boshqa mamlakatlarda ham yo‘lga qo‘yiladi, deb va’da beradi kompaniya.

    Iyul oyida Instagram personallashtirilgan "Bu videolar sizga yoqadi" kanalini ishga tushirdi . "Tavsiya qilingan kanallar"dagi roliklar turli mavzular bo‘yicha guruhga ajratilgan (Riodagi Olimpiada o‘yinlari 2016, Kann kinofestivali, Coachella musiqa festivali, Yangi yil va boshqalar).

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Instagram yaqindagi konsert va o‘yinlarni namoyish etadi