Terabayt.uz saytining yozishicha, Lenovo kompaniyasi Xitoyda metall korpusli Moto M smartfonini rasman taqdim qildi. Ushbu smartfonning avvalroq Kung-Fu loyiha nomi ostidagi ba’zi renderlari e’lon qilingan edi. Telefon metall korpus bilan o‘ralgan, barmoq izi skaneri orqa panelga joylangan. Suv qaytaradigan P2i qoplamiga ega.
Moto M 5,5 dyuymli Full HD aniqligidagi Super AMOLED ekran, 16 MPli fazali avtofokus va ikki xil rangdagi chaqnoq bilan ta’minlangan asosiy hamda 8 MPli old kamera bilan jihozlangan.
Qurilma takt chastotasi 2,2 GGs bo‘lgan sakkiz yadroli MediaTek Helio P15 (Mali T860MP2 grafikasi bilan) prosessorida ishlaydi, operativ xotiraning sig‘imi – 4 GB. Doimiy xotira esa 32 GB bo‘lib, uni microSD-karta yordamida 128 GBgacha kengaytirish imkoniyati mavjud. Model sig‘imi 3050 mA/st bo‘lgan tezkor zaryadlash funksiyasiga ega akkumulyatordan quvvatlanadi.
Moto M tillarang va kumushrang versiyalarda sotuvga chiqariladi. Smartfonning sotuvlari 11 noyabrda Xitoyda boshlanadi. Narxi – 294 dollar. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
O‘zbekistonga qarshi Indoneziyaning asosiy hujumchilaridan biri maydonga tusha olmaydi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi