02:54 / 19.11.2016
8 834

Samsung Galaxy J3 (2017) surati e’lon qilindi

Samsung Galaxy J3 (2017) surati e’lon qilindi

Taniqli insayder Evan Blassning Tvitterdagi sahifasida hali anonsi o‘tkazilmagan Samsung Galaxy J3 (2017) modelining tasviri e’lon qilindi. Blassning blogida yozilishicha, mazkur smartfon SM-J327 model kodiga ega bo‘ladi. Shuningdek, blogda keltirilgan axborotga ko‘ra, SM-J3119 model kodi Galaxy J3 Pro qurilmasiga tegishli.

Avvalroq mazkur modelning Xitoy telekommunikasiya qurilmalarini ro‘yxatga olish bazasida (TENAA) paydo bo‘lganligi haqida saytimizda yozgan edik. Hozirgacha mavjud ma’lumotlarga qaraganda, Samsung Galaxy J3 (2017) Snapdragon 430 prosessorida ishlaydi, 1,5 yoki 2 GB operativ xotiraga ega bo‘lishi mumkin. Model Android operasion tizimining 6.0.1 Marshmallow versiyada faoliyat ko‘rsatadi.

Hozircha yangi smartfonning taqdimot sanasi ma’lum emas.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Samsung Galaxy J3 (2017) surati e’lon qilindi